Rossiya orbitaga harbiy-sun’iy yo‘ldoshini uchirdi
Olam
−
16 Oktabr 2022
14208Rossiya Mudofaa vazirligi davlat manfaatlarini ko‘zlab 15 oktyabr kuni “Kosmos-2560” sun’iy yo‘ldoshini nishon orbitasiga muvaffaqiyatli uchirdi. U Arxangelsk viloyatidagi Plesetsk kosmodromidan Angara-1.2” yengil raketasida havoga ko‘tarildi, deb yozmoqda TASS.
Kosmik kema bilan raketa normal rejimda Moskva vaqti bilan 22:55 da uchirildi.
Kosmos-2560 kosmik kuchlarining jangovar ekipajlari tomonidan Plesetsk davlat sinov kosmodromidan belgilangan vaqtda maqsadli orbitaga chiqarildi. Uning asosiy vazifasi Rossiya Mudofaa vazirligining quruqlikdagi vositalarini kuzatib borish ekanligi aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, ekspertlar sun’iy yo‘ldosh bilan barqaror telemetriya aloqasi ta’minlangani, uning bort tizimlari normal ishlayotganiga aniqlik kiritgan.
Angara haqida to‘liq
Angara – bu Rossiyaning yengil va og‘ir raketalarni yaratishga mo‘ljallangan loyihasidir va u turli xil kosmik kemalarni uchirish uchun mo‘ljallangan: sun’iy yo‘ldoshlar, kosmik kemalar, avtomatik sayyoralararo stansiyalar.
1991 yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng, Bayqo‘ng‘ir kosmodromi, undan boshqariladigan uchirmalar Qozog‘iston Respublikasi mulkiga aylandi. O‘sha paytda Rossiyaning yagona og‘ir toifali tashuvchisi bo‘lgan “Proton” raketasi ushbu kosmodromdan uchirilgan. 1994 yilda Rossiya Qozog‘iston bilan kosmodromni ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma imzolagan bo‘lsada, Rossiya Federatsiyasida mustaqil ravishda koinotga chiqish uchun uning hududidan uchirilishi mumkin bo‘lgan yangi og‘ir raketani ishlab chiqishga qaror qilindi.
Musulmon Ziyo
LiveBarchasi