Rossiya okeanda urush olib borish imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vazirligi bugun, 25 yanvar kuni “Admiral Gorshkov” fregati (harbiy kemasi) Atlantika okeanining g‘arbiy qismida zarba berish qobiliyatini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, fregatda gipertovushli Sirkon raketasining kompyuter simulyatsiyasi amalga oshirilgan. Sirkon raketalari 900 km masofaga tovush tezligidan bir necha baravar yuqori tezlikda ucha oladi. Bu esa ulardan himoyalanishni qiyinlashtiradi. 

Shuningdek, bayonotda 2023 yil fevral oyida Janubiy Afrika Respublikasi qirg‘oqlarida Janubiy Afrika harbiy-dengiz kuchlari va Xitoy xalq ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlari bilan hamkorlikda bir qator qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, “Admiral Gorshkov” fregati zamonaviy ko‘p maqsadli kema bo‘lib, boshqariladigan raketalar bilan jihozlangan hamda uzoq dengiz va okean hududlarida ishlash uchun mo‘ljallangan. Sirkon bilan jihozlangan kema dengiz va quruqlikdagi istalgan nishonlarga aniq va kuchli zarbalar berish imkoniyatiga ega. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya rasmiylari bir necha bor Rossiya G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi tahdidini sezsa, dunyodagi eng yirik yadro arsenalidan foydalanishi mumkinligini aytgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing