Rossiya neftiga embargoda “katta teshik” bor – “The Independent”
Olam
−
06 iyun 2022
20988Yevropa kompaniyalari Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya neftini tashishni deyarli ikki barobarga oshirdi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.
Nashr bunday statistikani keltirish uchun korrupsiyaga qarshi “Global Witness” guruhi tomonidan e’lon qilingan Refinitiv kompaniyasining yuk tashish ma’lumotlariga tayangan. Unda Yevropaning uchta asosiy yuk tashuvchi mamlakati – Gretsiya, Kipr va Malta tankerda yuk tashish tariflarining keskin oshganidan foydalanib, Rossiya neftini butun dunyo bo‘ylab yetkazib berish hajmini ko‘paytirgani ko‘rsatilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu neft yetkazib berish orqali Rossiya g‘aznasiga milliardlab dollar tushgan. Umuman olganda, shu yilning 24 fevralidan buyon ushbu uch davlat kompaniyalari 17,3 milliard dollarlik 178 million barrel Rossiya neftini sotib olgan.
Tahlilchilarning fikricha, eng avvalo, neft embargosi, embargo bo‘lishi kerak. Vaholanki, Yevropa Ittifoqining so‘nggi sanksiyalari Rossiya neftini Vengriya orqali Yevropaga yetib borishga yo‘l beradi. Shuningdek, tashkilotga a’zo bo‘lmagan Gretsiya, Malta, Kipr kompaniyalari ham Rossiya neftini yetkazib berishni davom ettirish imkoniga ega.
Bu bo‘shliqni bartaraf etish uchun Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti savdosidan g‘arazli manfaatlarga ega a’zo davlatlarning lobbizimni rivojlantirishiga qat’iy qarshi turishi va kemada yuk tashishni yagona Yevropa sanksiyalari asosida taqiqlashi kerak
Avvalroq, “Bloomberg” Rossiya neftini Xitoyga eksport qilishning yangi “o‘ziga xos” sxemasini – dengizda qayta tashish bilan tavsiflagan edi. Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya neftini sotib olmoqchi bo‘lganlar "qora oltin"ning jahon narxlari bilan solishtirganda bir qancha chegirmalarga ega.
Mardona G‘afforova
LiveBarchasi