Rossiya NATOdagi doimiy missiyasi faoliyatini to‘xtatadi – Lavrov

Olam

image

Rossiya noyabr oyining boshidan mamlakatning NATOdagi doimiy missiyasi faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 18 oktyabr kuni ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bunga Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyadagi doimiy vakolatxonasining sakkiz nafar xodimini akkreditatsiyasini bekor qilishi sabab bo‘lgan.

“NATOning maqsadli qadamlari natijasida oddiy diplomatik faoliyat uchun tegishli shart-sharoitlar yo‘q va NATOning harakatlariga javoban biz alyansdagi doimiy missiyamiz ishini, shu jumladan bosh harbiy vakilning ishini to‘xtatamiz. Ehtimol, 1-noyabrdan yoki bu yana bir necha kunni oladi”, deydi Lavrov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, NATOning Xalqaro kotibiyati, allaqachon, bu haqda ogohlantirilgan.

Ma’lumot uchun, NATO 30 ta davlatni o‘z atrofida birlashtirgan harbiy-siyosiy blok hisoblanadi. Ushbu alyans 1949 yilda AQSHda Yevropa davlatlarini SSSR hujumidan himoya qilish maqsadida tuzilgan. Biroq, SSSR qulagandan keyin ham NATO o‘z faoliyatini to‘xtatmadi, balki Rossiya tomon geografik jihatdan o‘z ta’sirini kengaytirib bordi. 

Qayd etish kerakki, ushbu alyansning asosiy tamoyili – agar harbiy blok a’zosiga hujum bo‘lsa, NATOning qolgan a’zolari uni himoya qilish va dushmanga qarshi kuch ishlatishga o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

231

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing