Rossiya Mudofaa vazirligi dronlarning “qotil”ini ko‘rsatdi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi davomida dronlarga qarshi kurashda elektromagnit tizimlardan foydalanish usullarini ilk bor namoyish etdi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

Bugun, 17 oktyabr kuni e’lon qilingan kadrlarda askarning dronlarga qarshi uchuvchisiz samolyotni boshqarayotgani ko‘rsatilgan.

“Dislokatsiya nuqtalari va artilleriya bo‘linmalarining jangovar pozitsiyalar o‘z hududlarida elektromagnit tizimlar bilan himoyalangan, ularning ekipajlari havo bo‘shlig‘ini kuzatib boradi va dushman dronlari aniqlansa, ularni elektromagnit impuls yordamida yo‘q qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Xususan, bunday komplekslar Markaziy harbiy okrugning “Uragan” yalpi reaktiv hujum tizimlari ekipajlarini qamrab oladi.

O‘z navbatida, chaqiruv belgisi “Sokol” bo‘lgan harbiy xizmatchi elektromagnit tizimlarining ikki haftalik uzluksiz ishlashi davomida “dushmanning 20 tagacha uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilganini” ta’kidladi.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1382

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing