Rossiya Mudofaa vaziri Shoygu yo‘qolib qoldi – OAV

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu to‘satdan jamoatchilikka ko‘rinish bermay qo‘ydi. U oxirgi marta joriy yilning 11 mart kuni omma oldiga chiqqan, jurnalistlar esa uni 12 kundan beri ko‘rmagan. Bu haqda "Mediazona" va "Agentstvo" nashrlarining rossiyalik tadqiqotchi jurnalistlari xabar berdi

Qayd etilishicha, 11 martgacha Shoygu deyarli har kuni yangiliklarda chiqqan. Hozir ham u axborot maydonida vaqti-vaqti bilan eslanadi, ammo yangi fotosuratlar va videolar yo‘q. 11 mart kuni vazir Ukrainaga hujumda qatnashganlarga davlat mukofotlarini topshirgani tasvirga olingan. Bu uning ishtirokidagi oxirgi video bo‘lgan.

Joriy yilning 18 mart kuni esa Kreml saytida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bilan Ukrainaga hujum olib borish jarayonlarini muhokama qilgani aytilgan xabarda Shoygu tilga olingan. Ta’kidlanishicha, Shoygu uchrashuvda ishtirok etgan, biroq uchrashuvdan olingan video va suratlar e’lon qilinmagan.

Shu kuni “Birinchi kanal” Shoyguning mukofotlarni topshirishi haqidagi videoni efirga uzatgan. Unda voqea 18 mart kuni sodir bo‘lgani aytilgan, ammo u 11 mart kungi eski video bo‘lgan. Mudofaa vazirligi saytidagi Shoyguning sahifasidagi so‘nggi yangiliklar ham 11 mart sanasiga tegishli.

Tadqiqotchilarning qayd etishicha, faqatgina Shoygu g‘oyib bo‘lmagan, balki 11 martdan beri Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov ishtirokida ham hech qanday voqea qayd etilmagan.

Rossiyada esa Shoyguning yuragi bilan bog‘liq muammolar borligini muhokama qilishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2650

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing