Rossiya mojaro qidirmoqda – Kanada Bosh vaziri

Olam

image

Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, bu og‘ir va jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu haqda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakat Federal parlamentining Ukraina inqirozi bo‘yicha maxsus yig‘ilishida ma’lum qildi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mojaro qidirmoqda. Kanada ukrainalik askarlarni tayyorlashda yordam bermoqda va kelgusi uch yil davomida yordam berishda davom etadi. 

Bundan tashqari, u Ottava Ukrainaga mablag‘ va harbiy texnika jo‘natishini ham aytib o‘tdi.

“Agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Kanada unga qarshi iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha o‘zining kelishilgan rejalarini yo‘lga qo‘yadi”, deya ishontirgan Tryudo.

Biroq Kanada Bosh vaziri  Konservativ partiya deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Ukrainaga qurol jo‘natish talabi bilan bog‘liq rejalarini oshkor qilmagan.

Bosh vazirga ko‘ra, Ukraina masalasida Kanada uchun birinchi raqamli ustuvorlik bu inqirozga duch kelgan mamlakatning iqtisodiy qudratini mustahkamlashdir.

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda G‘arb matbuoti Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududlarda qo‘shin to‘playotgani, bu bilan u hujumga tayyorlanayotgani haqida bong urib kelmoqda. Ammo Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya o‘z hududi bo‘ylab har qanday harbiy harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega, bu hech kimning xavotirga tushishiga asos bo‘la olmaydi.

Shuningdek, Rossiya 2021 yilning 17 dekabr kuni AQSH va NATOga bir qancha talablar qo‘ygandi. U alyansdan yangi a’zolarni, birinchi navbatda Ukrainani qabul qilishdan bosh tortishni, shuningdek, ilgari SSSR tarkibiga kirgan davlatlar hududiga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmaslikni talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing