Rossiya “Moskvich” brendini “tiriltirmoqchi”

Olam

image

Rossiyada “Moskvich” brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarish qayta tiklanadi va kelajakda zavod elektromobillar ishlab chiqaradi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zining blogida ma’lum qildi.

“Moskvadagi “Renault” zavodining chet ellik egasi uni yopishga qaror qildi. Bu uning huquqi, lekin biz minglab ishchilarning ishsiz qolishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Shuning uchun men zavodni shahar balansiga olishga va tarixiy "Moskvich" brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni qayta tiklashga qaror qildim”, deb yozadi Sobyanin.

Shahar meriga ko‘ra, KAMAZ qayta tiklangan Moskva avtomobil zavodi “Moskvich”ning asosiy texnologik hamkoriga aylanadi. Birinchi bosqichda ichki yonuv dvigateliga ega klassik avtomobillar, kelgusida esa elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Uning ta’kidlashicha, KAMAZ hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Rossiyada maksimal miqdordagi avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida ishlar boshlangan.

“Volgograd prospektidagi avtomobil zavodi uzoq va shonli tarixga ega. Deyarli yuz yil oldin u Ford avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlagan. O‘nlab yillar davomida bu yerda afsonaviy mahalliy “Moskvich”lar ishlab chiqarilgan. 1998 yildan beri “Renault” zavodi bilan hamkorlik qiladi va Logan, Dusters va Sandero konveyerdan chiqdi. 2022 yilda biz “Moskvich” tarixida yangi sahifa ochamiz”, deydi Sergey Sobyanin.

Ma’lumot uchun, mart oyi oxirida “Renault” Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

659

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing