Rossiya milliarderlari 5 oyda qanchaga “qashshoqlashgani” aytildi

Olam

image

Rossiyaning eng boy tadbirkorlarining umumiy boyligi yil boshidan beri 41,48 milliard dollarga tushdi. “Novatek” va “Sibur”ning hammuallifi Gennadiy Timchenko eng ko‘p pul yo‘qotdi, uning boyligi deyarli 7,06 milliardga kamaydi. Bu haqda RIA Novosti Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingiga asosnalib xabar bermoqda.

Indeks milliarderlar egalik qiladigan kompaniyalar aksiyalarining qiymati asosida hisoblanadi. Ba’zi kompaniyalar uchun hisob-kitoblar ularning kapitallashuvi EBITDA foizlar, soliqlar va amortizatsiya xarajatlari to‘lanishidan oldingi foyda miqdori) nisbati yoki aksiyalar bahosiga hissa boshiga daromad nisbati asosida amalga oshiriladi. Umuman olganda, BBI reytingiga dunyodagi eng boy 500 kishi kiradi va hozirda Rossiya Federatsiyasining 25 fuqarosi reytingga qo‘shilgan. Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, ularning umumiy boyligi 341,51 milliard dollarni tashkil etdi.

Ularning eng boyi "Nornikel" kon-metallurgiya kompaniyasining asosiy egalaridan biri Vladimir Potanin bo‘lib, u yil boshidan beri o‘z boyligini 3,89 milliard dollarga oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda uning boyligi 34,7 milliard dollarni tashkil qilmoqda. 

Reytingda ikkinchi o‘rinni egallab turgan "Novatek" hamraisi Leonid Mixelsonning boyligi sezilarli darajada, 6,65 mlrd dollarga kamayib, 25,8 mlrd dollarga tushdi. 

Uchinchi o‘rinda turgan NLMK benefitsiari Vladimir Lisin yil boshidan buyon 4,05 mlrdga qashshoqlashdi (boyligi 24 mlrd dollar deb baholanmoqda).

To‘rtinchi o‘rinda “Severstal” egasi Aleksey Mordashov, uning boyligi 5,11 milliard dollarga, ya’ni 23,7 milliard dollarga tushgan. 

Beshinchi o‘rinni yil boshidan buyon boyligi 233 mln dollarga kamaygan va hozirda 21 mlrd dollarga baholanayotgan Alisher Usmonov (“Metalloinvest”, “Megafon”) egallab turibdi. 

Ro‘yxatda oltinchi o‘rinda “Lukoyl” hamraisi Vagit Alekperov (u direktorlar kengashi a’zoligi va kompaniya prezidentligidan iste’foga chiqqan), u 3,27 milliard yo‘qotgan va hozir u 18,5 milliardi bor.

Ro‘yxatda yettinchi bo‘lib "Yevroxima" va SUEK sobiq asosiy benefitsiari Andrey Melnichenko (9 mart kuni hamrais egalari qatorini tark etgan) turibdi. Uning boyligi 806 million dollarga kamayib, 16,7 milliardni tashkil qilmoqda. 
Sakkizinchi o‘rinda “Renova”ning asosiy egasi Viktor Vekselberg bor. Uning boyligi yil boshidan beri 2,66 milliardga kamaygan va hozirda 15,8 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Eng ko‘p yo‘qotishlarga uchragan Timchenkoning boyligi hozirda 15,4 milliard dollarga baholanmoqda. Maqola avvalida aytganimizdek, u 7,06 milliard dollarni boy berdi. 

Mixail Proxorov (“Oneksim” gruppasi) esa birinchi o‘ntalikni yakunlab beradi. Uning boyligi 348 mln dollarga kamayib, 13,6 mlrd dollarni tashkil qildi.

 

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing