Rossiya mamlakatni tark etganlar uchun soliqlarni oshirmoqchi

Olam

image

Rossiyada mamlakatni tark etgan rossiyaliklar uchun imtiyozlarni bekor qilish va soliq stavkasini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda bugun, 25 dekabr kuni Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Yurtimizni tashlab ketganlar qaytishi uchun ularga imtiyozlar berish kerak deb hisoblaydiganlar ham bor. Bu noto‘g‘ri. Xato qilganini tushunganlar allaqachon qaytib kelgan, qolganlari tushunishlari kerak: jamiyatning katta qismi ularning harakatini qo‘llab-quvvatlamaydi. Ularni ko‘pchilik o‘z vatanlariga, qarindoshlari va do‘stlariga xiyonat qilgan deb hisoblaydi”, deydi Volodin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha ketganlar nafaqat Rossiya kompaniyalarida masofadan turib ishlaydi, balki Rossiya qonunchiligiga muvofiq ularga beriladigan barcha imtiyozlardan ham foydalanadi.

"Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketganlar uchun imtiyozlarni bekor qilish va ular uchun oshirilgan soliq stavkasini joriy qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu adolatli qaror bo‘ladi", deydi u.

Volodinning aytishicha, ushbu holat bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish ustida ishlar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing