Rossiya Latviyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

Olam

image

Bugun, 30 iyul kuni iyul oyidagi tender doirasida Rossiyaning “Gazprom” transmilliy korporatsiyasi gazni tortib olish shartlarini buzgani uchun Latviyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya ma’lum qildi.

“Bugun “Gazprom” OAJ gazni tortib olish shartlarini buzgani uchun iyul oyi arizasi doirasida Latviyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi”, deyiladi xabarda.

Latviyaning Conexus gaz uzatish operatori ma’lumotlari ham 30 iyuldan boshlab Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilganini tasdiqlagan.

27 aprel kuni “Gazprom” Bolgariyaning “Bulgargaz” kompaniyasi va Polshaning PGNiG kompaniyalariga gaz uchun rublda o‘z vaqtida to‘lov qilmagani uchun yetkazib berishni butunlay to‘xtatganini ma’lum qildi. 21 may kuni Finlyandiyaning Gasum kompaniyasiga Rossiya gazini yetkazib berish xuddi shu sabab bilan to‘xtatilgani xabar qilindi. Keyin Daniyaning Orsted, Gollandiyaning GasTerra va Shell Energy Europe kompaniyalariga etkazib berish to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

445

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing