Rossiya kuchlarini tanqid qilgan siyosatchi 8,5 yilga “kesildi”

Olam

image

Moskvaning Meshanskiy tuman sudi tomonidan siyosatchi Ilya Yashin rossiyalik harbiylar haqida “soxta” xabar tarqatganlikda ayblanib, (Rossiya Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi 2-qismi bilan) 8,5 yilga qamoqqa hukm qilindi. Shuningdek, unga to‘rt yil davomida internet veb-saytlariga kirish taqiqlangan. 

Prokuror Sergey Belov debatda Yashinni 9 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qilgan edi. Jinoiy ishning sababi Yashinning strimi bo‘lgan. U strimda Buchadagi (Ukrainadagi shahar) qotilliklar haqida gapirgan. Shu bilan birga, u ikkala tomonning ham pozitsiyasini aytgan: Rossiya Mudofaa vazirligining ham, Ukraina kuchlarining ham pozitsiyasi haqida gapirgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi “Ukrainaning rejimi tomonidan e’lon qilingan, go‘yoki Kiyev viloyatining Bucha shahridagi rossiyalik harbiylarning noqonuniy xatti-harakatlari aks ettirilgan fotosuratlar va video materiallar provokatsiya ekanligini” bilgan.

Prokuror Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bucha voqealari bo‘yicha hisobotlarini “noxolis, biryoqlama va dushmanlik” deb atagan.

“Rossiyaning Buchadagi jinoyatlari to‘g‘risida NATO, Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa do‘stona bo‘lmagan davlatlarning ommaviy axborot vositalari sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga asoslanib yozgan” deya qayd etgan davlat ayblovchisi.

Ma’lumot uchun, Yashin joriy yilning 13 iyul kuni hibsga olingan. U shu vaqtgacha hibsda edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilya Yashin

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar