Rossiya Kiyevning viza masalasidagi harakatiga javob tayyorlamoqda
Olam
−
09 Sentabr 2022
6420Rossiya Kiyev rus fuqarolariga nisbatan viza rejimini joriy qilganiga javoban choralar ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.
"Hozirda biz bu masalani turli idoralar bilan muhokama qilmoqdamiz. Biz barcha omillarni, jumladan, gumanitar omillarni hisobga olamiz. Biz mamlakatni yoki urush zonasini tark etib, Rossiyaga borishni xohlaydigan Ukraina fuqarolarining hayotini murakkablashtirmoqchi emasmiz. Ular uchun viza olish qiyin jarayon bo‘lardi”, deydi u.
Vazir o‘rinbosari hali tegishli qaror qabul qilinmaganini ta’kidlagan. Shuningdek, u ushbu masalani muhokama qilishda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasi, chegara xizmatlari va Ichki ishlar vazirligi ishtirok etayotganini qo‘shimcha qilgan.
"Bu amalda sodir bo‘ladi va uni aks ettirish shart emas. Odamlar nima bo‘layotganini ko‘rish uchun bizga kelishlari biz uchun foydalidir. Nega yana bir bor Yevropa Ittifoqi ketayotgan yo‘ldan borishimiz kerak?, deya xulosa qilgan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyulidan Ukrainada Rossiya fuqarolari uchun viza rejimi ishlay boshladi. Bu haqdagi qaror Ukraina hukumati tomonidan Prezident Vladimir Zelenskiy tashabbusi bilan qabul qilingan. Ukraina rasmiylari viza rejimi milliy xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish uchun joriy qilinayotganini da’vo qilmoqda. Moskva bu qaror faqat rasmiy Kiyevning noadekvatligini ko‘rsatishini aytgan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi