Rossiya xavfsizlik uchun tahdid – Stoltenberg
Olam
−
19 iyun 2022
11423NATO sammiti ishtirokchilari Rossiyani o‘z xavfsizligiga tahdid deb hisoblaydi va bu haqda keyingi yig‘ilishda e’lon qiladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg “Bild am Sonntag” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Agar dunyo o‘zgarsa, NATO ham o‘zgaradi, dunyo xavfliroq bo‘lib qoldi. Biz Rossiya endi sherik emas, balki xavfsizligimiz, tinchligimiz va barqarorligimizga tahdid ekanini e’lon qilamiz", deydi u.
Stoltenbergga ko‘ra, Xitoy ham yig‘ilishda tilga olinadi.
“Chunki Xitoyning yuksalishi bizning manfaatlarimiz, qadriyatlarimiz va xavfsizligimizga tahdiddir", deya qo‘shimcha qilgan alyans Bosh kotibi.
Ma’lumot o‘rnida, NATO sammiti 28-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi