Rossiya xavfsizlik xizmati Estoniya konsulini hibsga oldi

Olam

image

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Sankt-Peterburgda Estoniya konsuli Mart Layteni “maxfiy materiallarni olayotgan payt” hibsga oldi. Bu haqda Rossiya FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, diplomatga nisbatan xalqaro qonunlarga muvofiq choralar ko‘riladi.

“Ushbu xatti-harakat diplomat maqomiga mos kelmaydi va Rossiya Federatsiyasiga nisbatan aniq dushmanlik xususiyatiga ega”, deyiladi FXX xabarida.

Xalqaro standartlarga ko‘ra, diplomatlar ishlayotgan mamlakatda daxlsizlik huquqiga ega. Biroq, qonun buzilgan yoki dushmanlik harakatlari sodir etilgan taqdirda, ularni ushbu huquqdan mahrum etish mumkin.

Vena konvensiyasiga ko‘ra, qabul qiluvchi davlat diplomatlarni yuboruvchi davlatga har qanday vaqtda vakolatxona rahbari yoki boshqa diplomatik ishchi “persona non grata”, deb e’lon qilinganini va uni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida xabar berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyi oxirida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Litvaning Moskvadagi elchixonasining ikki xodimi, shuningdek Latviya va Estoniya elchixonalarining bir nafar xodimi chiqarib yuborilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing