Rossiya xalq artisti Aleksandr Gradskiy vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
28 noyabr 2021
13642Xonanda va bastakor, Rossiya xalq artisti Aleksandr Gradskiy 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda rus OAV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kecha, 27 noyabr kuni Gradskiy insult gumoni bilan shifoxonaga yotqizilgan. Musiqachining sog‘lig‘i sentyabr oyida yuqtirgan koronavirus infeksiyasidan keyin yomonlashgan. Qayd etilishicha, ijodkor yotoqdan deyarli tura olmay qolgan va oyoqlaridagi og‘riqdan shikoyat qilgan.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Gradskiy – rus qo‘shiqchisi, ko‘plab qo‘shiqlar muallifi, bastakor. 1997 yilda u Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan va ikki yildan so‘ng Rossiya Federatsiyasining xalq artistiga aylangan. So‘nggi yillarda bastakor “Golos” (“Ovoz”) teleko‘rsatuvida ustozlik qildi.
LiveBarchasi