Rossiya qo‘shinlarini hisoblash NATOga qolgani yo‘q – Zaxarovadan keskin munosabat
Olam
−
07 fevral 2022 14190 2 daqiqa
Kreml G‘arbning Rossiya Ukraina bilan chegara hududida qo‘shin to‘playotgani haqidagi ayblovlariga javob qaytardi. Rossiya olib borayotgan harbiy harakatlar haqida mamlakat TIV Matbuot kotibi Mariya Zaxarova bugun, 7 fevral kuni “Rossiya 1” kanalida izoh bergan.
Diplomatning bildirishicha, Rossiyadan avval NATOning o‘zi harbiy harakatlarni boshlab, Rossiyaning “tumshug‘i tagi” gacha suqulib kelgan.
“NATO harbiylari va texnikalari har xil bahonalar bilan Rossiya chegarasi yaqinigacha yetib keldi. Bularning hammasi: harbiy texnika, qo‘shinlar, qurolli kuchlar - NATO mamlakatlari bizni sherik emas, raqobatchi davlat sifatida ko‘rishidan dalolat”, degan Kreml rasmiysi.
Bundan tashqari, Zaxarovaning qo‘shimcha qilishicha, blok a’zolari Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va siyosiy bosim o‘tkazib, uning suveren ishlariga aralashish yo‘lini tutmoqda.
“Rossiya Federatsiyasining severen xavfsizligini kafolatlashdek global savolni o‘rtaga tashlash uchun shuning o‘zi kifoya emasmi? Sizlar esa Rossiya harbiylari Rossiya hududi bo‘ylab qaysi tomondan va qayerga harakatlanayotganini kuzatib turasiz. Rossiya tarixda o‘z boshidan bunday tragediyalarni ko‘p o‘tkazgan. Biz ularga emas, tinimsiz ozodlik va tinchlik haqida bong urgan boshqa mamlakatlar bizga hujum qilishgan”, deya ta’kidlagan Matbuot kotibi.
"Armiyamiz qancha ekanligini, qurolli kuchlar qayerda joylashgan va qayerga harakatlanayotganini hisoblash Anglo-sakson dunyosining vakili bo‘lgan, sizga qolgani yo‘q. Ular qayerda bo‘lishi kerak bo‘lsa, o‘sha erda - ular o‘z uyida", deya G‘arb jurnalistlaridan birining savoliga izoh bergan Zaxarova.
So‘nggi paytlarda Rossiya-Ukraina mojarosi jiddiy tus olgan. Bir tomonda Kiyevni qo‘llayotgan AQSH va NATO turgan bo‘lsa, boshqa tomonda harbiy tayyorgarliklarni boshlab yuborgan Rossiya turibdi.
Ukrainaning tarafini olib AQSH Kiyevga 200 million dollar miqdoridagi, qariyb 500 tonna qurol-yarog‘, 300 ta Jevelin tankka qarshi o‘tochar texnikalari va 5 ta MI-17 vertolyotini yetkazib berganini bildirgan. Bundan tashqari, 8 500 nafar harbiyni Sharqiy Yevropaga yuborish uchun shay holda ushlab turgani haqida ma’lum qilgan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga elita bo‘linmasining 30 nafar harbiy xizmatchisini, 2 000 ta tankka qarshi raketa va qurol-yarog‘ yuborilgani haqida xabar bergan.
Boshqa tomondan Rossiya, Ukraina bahonasida “burni tagiga” tiqilib olayotgan NATOning Sharqiy Yevropa tomon siljib kelishini qoralab, unga qarshi o‘z hududi va Belarusning Ukraina bilan chegaradosh yerlarida 100 000 dan ortiq qo‘shin va harbiy texnikalar to‘plagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr