Rossiya Qozog‘iston neftini eksport qiluvchi kompaniya faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

Olam

image

Rossiya sudi Qozog‘iston neftini eksport qilish bo‘yicha “Kaspiy quvurlari konsorsiumi” faoliyatini 5 iyuldan 4 avgustga qadar to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi. Bu haqida RBK nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Kaspiy quvurlari konsorsiumi” faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga “Rostransnadzor” tomonidan ishlab chiqarish ob’ektlarida ekologik qoidabuzarliklar aniqlangani sabab bo‘lgan.

“Kaspiy quvurlari konsorsiumi” Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi doirasida ishlaydi va sud qarorini bajarishga majbur. Qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, mart oyining oxirida kompaniya masofaviy bog‘lash blokining "suzuvchi shlanglarida shikastlanish aniqlangan”. Bundan tashqari, kompaniya shlanglarni almashtirish uchun zarur favqulodda vaziyatlar to‘plamiga egaligi, ammo sanksiyalar tufayli masofadan boshqarish paneli ehtiyot qismlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzishda qiyinchiliklar bo‘layotgani haqida ma’lum qilgan.

Shu sababli, kompaniya neftni quyish hajmi yuk jo‘natuvchilarning iltimosiga binoan uch baravar kamayishi mumkinligini istisno qilmagan. 

Ma’lumot uchun, uzunligi 1511 km bo‘lgan Tengiz-Novorossiysk quvuri Qozog‘istonning umumiy eksport neftining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini, shuningdek Rossiya va Kaspiy dengizidagi konlardan xomashyo yetkazib beradi.

“Kaspiy quvurlari konsorsiumi” Yevropa Ittifoqi va AQSH sanksiyalari ostida emas.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

401

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing