Rossiya Qozog‘iston bilan neft tranziti bo‘yicha shartnomani uzaytirdi

Olam

−

image

Rossiya hukumati Qozog‘iston bilan Rossiya neftining Xitoyga tranziti bo‘yicha kelishuvni uzaytirdi.

Yangi shartnomaga ko‘ra, yiliga 10 million tonnagacha bo‘lgan Rossiya neftini Atasu-Alashankou quvuri orqali Xitoyga tashish belgilandi.

Neft tranziti Rossiyaning "Rosneft" kompaniyasi va Qozog‘istonning "KazTransOil" kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjatning amal qilish muddati 2034 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi neft tranziti bo‘yicha kelishuv 2014 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing