Rossiya qiruvchisi AQSHning josus samolyotini qo‘lga oldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning qiruvchi samolyoti AQSHning razvedka samolyotini Tinch okeani ustida qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaasini boshqaruvchi milliy markaz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya davlat chegarasiga yaqinlashayotgan AQSHning razvedchik RC-135 samolyoti bugun, 10 aprel kuni Tinch okeanining neytral suvlari ustida aniqlangan. Havodagi nishonni ogohlantirish uchun Rossiya Sharqiy harbiy okrugining havo hujumidan mudofaa kuchlariga qarashli MiG-31 qiruvchisi havoga ko‘tarilgan.

“Rossiya qiruvchi samolyoti havodagi nishon AQSH Havo Kuchlariga tegishli RC-135 strategik razvedka samolyoti ekanini aniqladi va uni Tinch okeani bo‘ylab kuzatib qo‘ydi”, deyiladi markaz xabarida.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda Rossiya chegaralari yaqinidagi havo hududida xorijiy mamlakatlar harbiy samolyotlarining faolligi o‘sib bormoqda. Shunday qilib, 2020 yilda Rossiyaning radiotexnik qo‘shin mutaxassislari (RQM) bir yil avvalgiga qaraganda 40 foizdan ko‘proq xorijiy razvedka samolyotlarini topgan. 2020 yil hisobiga ko‘ra, RQM ikki milliondan ortiq havo ob’ektlarini Rossiya chegarasiga yaqin bo‘lgan neytral hududda aniqlagan va ularni kuzatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2823

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing