Rossiya qamoqdagi mahbuslar soni bo‘yicha Yevropa davlatlarini ortda qoldirdi
Olam
−
09 aprel 2021
4928Rossiya qamoqxonalardagi mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada yetakchi o‘rinni saqlab qoldi. Bu haqda Lozanna universiteti mutaxassislarining Yevropa Kengashi uchun tayyorlagan hisobotida so‘z boradi.
So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 519,6 ming kishi panjara va tikanli simlar ortida saqlanmoqda.
Hisobotga ko‘ra, Rossiyada 100 ming kishiga 357 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun Turkiyada 100 ming kishiga 356 nafar, Gruziyada 252, Ozarbayjonda esa 235 mahbus to‘g‘ri keladi.
Eng kam mahbuslarga ega bo‘lgan davlat esa Islandiya – 100 ming kishiga 45 mahkum, Finlyandiya – 100 mingga 50, Gollandiya va Norvegiya – 100 mingga 59.
Eng yomon ko‘rsatkichlarga egaligiga qaramay Rossiyada umuman olganda mahbuslar soni kamaymoqda. Masalan, 2010 yilda 100 ming kishiga 575 mahbus to‘g‘ri kelgan.
Aksincha, Rossiya mahbuslarni saqlashga sarflanadigan xarajatlar bo‘yicha oxirgi o‘rinda turadi.
Yevropa bo‘yicha Rossiya qamoqxona uchun eng ko‘p pul (4,1 milliard yevro – tahr.) sarflaydigan davlat bo‘lishiga qaramay, mahbuslarning soni ko‘pligi uchun har bir mahbusga kuniga atigi 2,8 yevrodan to‘g‘ri keladi va bu eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bolgariyada bir nafar mahbusni saqlash kuniga 5,7 yevro, Ozarbayjonda 9 yevro sarflanadi. Mahbuslarga qilinadigan xarajatlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya turadi bir – kishiga kuniga 136 yevro miqdorida umumiy bir yilda 3,9 milliard yevro ajratiladi. Germaniya esa kuniga bir mahbus uchun 149 yevro sarflab, bu bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi va yiligi qamoqxonalar uchun 3,5 milliard yevro ajratadi.
LiveBarchasi