Rossiya Irlandiyaning 52 nafar asosiy amaldorlariga sanksiya kiritdi

Olam

image

Rossiya Irlandiyadagi 52 nafar muhim amaldor va siyosatchilariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda bugun, 16 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi saytida chop etilgan bayonotda aytiladi.

“Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya fuqarolariga nisbatan mamlakatimizni xalqaro miqyosda yakkalab qo‘yishga urinishlarga qaratilgan bir tomonlama cheklovchi choralarni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotgan Irlandiya hukumatining Rossiyaga qarshi kursiga javoban, Irlandiya rahbariyati va siyosatchilarining 52 nafar asosiy vakillarini Rossiyaning taqiq ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Endilikda Rossiya Federatsiyasiga kirishga ruxsat berilmagan Irlandiya fuqarolari ro‘yxatiga, xususan, Bosh vazir Mixol Martin, uning o‘rinbosari Leo Varadkar, Doyl (parlament quyi palatasi) raisi Shon O’Fergal, tashqi ishlar vaziri va Mudofaa vaziri Saymon Kouveni, adliya vaziri Xelen Makenti, moliya vaziri Paskal Donoxyu, parlament quyi palatasidagi bir qator senator va deputatlar kiritildi.

“Bryusselning buyrug‘i bilan harakat qilayotgan Irlandiya Rossiyaga qarshi tajovuzkor tashviqot kampaniyasini olib bormoqda, ikki tomonlama hamkorlikni o‘z manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda qisqartirish yo‘lidan borilyapti. Irlandiya jamiyatida rusofobik vasvasa avj olishining oqibatlaridan biri shu yilning mart oyida Dublindagi Rossiya elchixonasiga qilingan hujum bo‘ldi”, deyiladi TIV bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Irlandiya

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar