Rossiya ikki mamlakat bilan parvozlarni tiklaydi

Olam

image

Rossiya joriy yilning 15 fevralidan Ozarbayjon va Armaniston bilan aviaparvozlarni qayta tiklaydi. Bu haqda Rossiya Hukumati matbuot xizmati xabar bergan.

Moskva va Baku o‘rtasida parvozlar haftasiga ikki marta, Moskva va Yerevan o‘rtasida esa haftasiga 4 marta amalga oshiriladi.

"2021 yil 15 fevraldan boshlab Ozarbayjon va Armaniston bilan xalqaro aviaaloqani tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi", deyilgan bayonotda.

Shuningdek, Rossiya 8 fevraldan Belarus bilan temir yo‘l aloqasini tiklashini ma’lum qilgan.

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatida ta’kidlanganidek, ushbu qaror yangi koronavirus infeksiyasini olib kirish va tarqalishini oldini olish bo‘yicha tezkor shtabning taklifiga binoan qabul qilingan.

2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya va Armaniston Bosh vazirlari Mixail Mishustin va Nikol Pashinyan ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi tashishni 14 kunga cheklashga qaror qilgandi. Ozarbayjon bilan Rossiyaning bir qator shaharlari o‘rtasida ham parvozlar to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

346

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing