Rossiya IIV muhojirlarni qat’iy ogohlantirdi

Olam

image

Rossiyada 1 yanvardan boshlab xorij fuqarolari noqonuniy mehnat faoliyati uchun faqatgina jarimaga tortilmay, mamlakatdan chiqarib yuborilishi ham mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi e’lon qildi.

Vazirlikning qayd etishicha, Prezident tomonidan mehnat migrantlari uchun qabul qilingan vaqtinchalik choralar joriy yilning 31 dekabrida tugaydi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning mart oyidan beri yetti milliondan ortiq xorijlik ruxsatnoma olgan, ulardan 1,5 millioni Rossiya hududida bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Shu bilan birga, IIV ishlash uchun hujjatsiz kelgan chet el fuqarolarini 31 dekabrga qadar zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishlarini qat’iy tavsiya qildi. Bundan tashqari, ish beruvchilar chet ellik xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishlari va bu haqda uch kun ichida rasmiylarni xabardor qilishlari kerak.

Noqonuniy ishchilar uchun jarima miqdori besh ming rublgacha bo‘ladi. Shu bilan birga, kelasi yildan boshlab ularga nisbatan Rossiyadan chiqarib yuborish va mamlakatga qaytishni taqiqlash bilan bog‘liq choralar ko‘rilishi mumkin, deya ogohlantirgan vazirlik.

“Xorijiy fuqarolarni mehnatga noqonuniy jalb qilgan ish beruvchilar har bir xodim uchun 800 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin”, deyiladi departament xabarida.

Dekabr oyida Ichki ishlar vazirligi Rossiya mehnat muhojirlariga o‘z egasining yuzining elektron tasviri va barmoq izlarini o‘z ichiga olgan chipli karta ko‘rinishida patent berishni boshlashini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, hujjatda muhojirning ishi haqidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi va Gaydar instituti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi va chegaralarning yopilishi Rossiyadagi xorijliklar sonining sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi. Agar 2019 yilda mamlakatda oyiga qariyb 9,6 milliondan 11,2 milliongacha chet el fuqarolari bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil yanvar oyi oxiriga kelib, ularning soni 10,3 milliondan 7,1 millionga kamaygan.

2021 yilda Rossiyaga keluvchilar sonining qisqarishi davom etdi. 1 may holatiga ko‘ra, mamlakatdagi xorijliklar soni 5,66 million kishini tashkil etdi. Avvalgidek ularning ko‘pchiligi (86 foizi) MDH davlatlari fuqarolaridir.

2021 yilda 2020 yilga nisbatan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari soni uch baravar kamaydi – ularning Rossiyadagi soni o‘n yil ichida eng kamdarajaga (226 ming) tushdi.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

571

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing