Rossiya IIV migrantlarni ogohlantirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Koronavirus tarqalishi sababli vaqtinchalik cheklovlar olib tashlanishi munosabati bilan Rossiyada bo‘lgan chet el fuqarolari 13 oktyabrga qadar o‘zlarining huquqiy maqomlarini tartibga solishlari kerak. Bu haqda rus OAV Rossiya IIVga tayanib, xabar bermoqda.

“2022 yil 13 oktyabrdan barcha boshqa davlatlar fuqarolarining vaqtincha bo‘lish muddatini va turgan joyida ro‘yxatdan o‘tishni to‘xtatib turish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘xtatiladi. Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy qolish uchun haqiqiy hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslar belgilangan muddatdan oldin ularning huquqiy holatini tartibga solish uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligining joylashgan joyidagi hududiy organiga murojaat qilishlari kerak”, deya jurnalistlarga vazirlik matbuot markazi xabar bergan.

Shu bilan birga vazirlik Rossiya oliygohlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar 12 oktyabrdan keyin mamlakatni tark etishi kerakligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Rossiya IIVning Sverdlovsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi Matbuot kotibi Valeriy Gorelix Rossiya Prezidentining farmoni qoidalariga muvofiq, mamlakatda qolish uchun asoslari bo‘lmagan xorijiy davlatlar fuqarolari 2022 yil 12 oktyabrgacha uni tark etishlari yoki ularning huquqiy holatini rasman tartibga solishlari shart ekanini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1409

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing