Rossiya IIV migrantlar uchun muhim yangilikni e’lon qildi
Olam
−
30 Sentabr 2021
16471Ertaga, 1 oktyabrdan boshlab Rossiya hududida noqonuniy yashayotgan chet elliklar majburiy chiqarib yuboriladi yoki ularga nisbatan boshqa ma’muriy chora qo‘llaniladi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.
“30 sentyabrdan keyin noqonuniy ravishda yashayotgan chet el fuqarolariga nisbatan 115-sonli federal qonun normalari qo‘llaniladi. Ichki ishlar organlari xodimlari noqonuniy migrantlarga mamlakatdan chiqib ketgunga qadar ma’muriy choralarni qo‘llashi mumkin”, deydi Valentina Kazakova.
Shuningdek, Kazakovaning ta’kidlashicha, politsiya har kuni noqonuniy muhojirlarni aniqlashga qaratilgan bir qator tekshiruvlarni o‘tkazadi. Rossiyada qonuniy ravishda yashayotgan chet elliklar uchun 30 sentyabrdan keyin hech narsa o‘zgarmaydi.
“Ertaga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2021 yil 15 iyundagi 364-sonli farmonida keltirilga muddat tugaydi. Lekin bu mamlakatda qonuniy ravishda bo‘lgan shaxslarni qo‘rqitmasligi kerak”, deydi Kazakova.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Rossiyada 7 millionga yaqin muhojir bor. Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab Ichki ishlar vazirligi har qanday sababga ko‘ra Rossiyada bo‘lish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmagan muhojirlarni deportatsiya qilishga haqli.
LiveBarchasi