Rossiya Germaniyaga gaz berishni tikladi – OAV

Olam

image

Bugun, 21 iyul kuni ertalab Rossiya “Shimoliy oqim 1” gaz quvurida 11 iyulda boshlangan texnik ishlar yakunlangach, u orqali Germaniyaga gaz yetkazib berishni qayta tikladi. Bu haqda DPA agentligi operator kompaniya “Nord Stream AG” vakiliga tayanib xabar berdi.

“Gaz yana [quvur orqali] oqmoqda”, deya agentlik kompaniya vakilining so‘zlarini keltirgan.

Biroq gaz quvuri to‘liq quvvatida ishlay boshlashi uchun yana biroz vaqt talab qiladi.

“Nord Stream AG” vakilining ta’kidlashicha, bugungi kunda “Shimoliy oqim” orqali yetkazib beriladigan gaz hajmi ta’mirlash ishlaridan oldingi miqdorga teng – kuniga taxminan 67 million kubometr. Bu gaz quvurining taxminan 40 foiz quvvatiga to‘g‘ri keladi.

Kecha, 20 iyul kuni Federal tarmoq agentligi (Germaniya regulyatori) rahbari Klaus Myullerning aytishicha, bugun, 21 iyul kuni “Shimoliy oqim” quvuri orqali gaz yetkazib berish hajmi 530 GVt/soatni tashkil qiladi, bu taxminan 30 foiz yuklanish degani. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozgan. O‘z navbatida, Germaniyaning Gascade gaz uzatish operatori gazni texnik xizmat ko‘rsatishdan oldingi darajada (o‘tkazish qobiliyatining 40 foiz) kutayotganini aytdi.

“Shimoliy oqim 2” gaz quvuri Boltiq dengizi tubi bo‘ylab Rossiyaning Ust-Luga shahridan Germaniyaning Grayfsvald shahrigacha cho‘zilgan. Uning qurilishi 2021 yilning kuzida yakunlandi. 22 fevral kuni Germaniya Rossiyaning o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR mustaqilligini tan olishiga javoban “Shimoliy oqim 2”ni ishga tushirish jarayonini to‘xtatdi.

Hozir“Shimoliy oqim 1” gaz quvuri Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishning asosiy yo‘li bo‘lib turibdi. Iyun oyida “Gazprom” u orqali gaz oqimini kuniga 67 million kub metrgacha qisqartirgan (ko‘rsatkichning 60 foizi).

“Gazprom” buni Kanadaga ta’mirlash uchun yuborilgan va urush boshlanganidan keyin sanksiyalar ostida qolgan Siemens turbinasini qaytarishning kechikishi bilan izohladi. Kanada keyinchalik Germaniyaning iltimosiga binoan turbinani Rossiyaga qaytarishga rozi bo‘ldi.

11 iyuldan boshlab “Shimoliy oqim 1” rejalashtirilgan texnik ishlarni bajarish uchun 10 kunga to‘liq to‘xtatib qo‘yildi. Yevropa davlatlari rahbarlari Rossiya Federatsiyasi u orqali gaz yetkazib berishni qayta tiklamasligi yoki ularni to‘liq tiklamasligi mumkin deb xavotir olmoqda. “Bloomberg” xabariga ko‘ra, Yevrokomissiya avgust oyidan boshlab YeIda gaz iste’molini 15 foizga kamaytirishni taklif qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing