Rossiya G‘arbning 31 ta energiya kompaniyasiga sanksiya joriy qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi hukumati javob sanksiyalari joriy etilayotgan yuridik shaxslar ro‘yxatini tasdiqladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori kecha, 11 may kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Ro‘yxatga Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlaridan, shuningdek, AQSH va Singapurdan 31 ta tashkilot kiritilgan. Ular orasida “Gazprom”ning Yevropadagi sobiq sho‘ba korxonalari, yer osti gaz omborlari savdogarlari va operatorlari bor.

Hujjatdan kelib chiqqan holda, endi bunday kompaniyalar bilan bir qator operatsiyalarni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Xususan, Rossiya organlari, yuridik shaxslari va fuqarolari ular va ularning nazorati ostidagi tashkilotlar bilan bitimlar tuza olmaydi va ularning foydasiga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshira olmaydi. Bunga tuzilgan tashqi savdo shartnomalari ham kiradi. Bu taqiqlar avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan o‘rnatilgan edi.

Vazirlar Mahkamasi o‘z qarori bilan Rossiya Federatsiyasining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan kompaniyalar bilan amalga oshirilishi taqiqlangan operatsiyalarning qo‘shimcha mezonlarini ham belgilab bergan. Ular orasida ushbu shaxslar foydasiga tuzilgan yoki to‘lovlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi bitimlar, bunday kompaniyalar ishtirokida yoki ularning foydasiga qimmatli qog‘ozlar bilan amaliyotlar yoki Rossiya Federatsiyasi portlariga sanksiyaga ega bo‘lgan shaxslar, ularning manfaati yoki nomidan ijaraga olingan kemalarning kirishi bilan bog‘liq bitimlar kiradi.

Rossiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga Gazprom Germania GmbH, Gazprom Schweiz AG, Gazprom Marketing & Trading USA Inc, Vemex, Wingas, EuRoPol GAZ kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing