Rossiya G‘arbdan o‘ch olmoqchi...mi? 

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa Rossiya qishgacha gaz yetkazib berishni butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkinligiga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Bu haqda Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol Britaniyaning “The Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

U, shuningdek Yevropa hukumatini gazga bo‘lgan talabni kamaytirish va atom elektr stansiyalarining ishlashini ta’minlash ustida ishlashga chaqirgan. 

“Qishga yaqinlashganimiz sari, Rossiyaning ham niyatlarini tushunib olamiz. O‘ylashimcha, gazni qisqartirishdan maqsad Yevropa zaxiralari ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik va qish oylarida Rossiyaning ta’sirini kuchaytirish”, deydi Birol. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar yadro inshootlarini yopishni kechiktirishlari va qish boshlanishidan oldin omborlarni to‘ldirish uchun "qo‘llaridan kelganini qilishlari" kerak. Rossiyadan Yevropaga gaz yetkazib berishning qisqarishi keyinchalik gaz berishning umuman cheklab qo‘yilishidan darak bo‘lishi mumkin. Moskva shu tariqa Ukrainadagi urush fonida G‘arbga ta’sir o‘tkazmoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi o‘rtalarida “Gazprom” Yevropaga gaz yetkazib berishni 167 milliondan 67 million kub metrgacha qisqartirdi. Kompaniya buni gaz nasos uskunalaridagi muammolar bilan izohlagan. Umuman olganda, so‘nggi oylarda Yevropaga gaz yetkazib berish 2021 yilga nisbatan deyarli ikki barobarga kamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing