Rossiya Finlyandiyaning ikki diplomatiga “chiqish eshiklarini ko‘rsatdi”
Olam
−
17 may 2022
4855Finlyandiyaning Rossiyadagi elchisi Antti Xelantera mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga rus diplomatlarini Xelsinkidagi elchixonadan chiqarib yuborilishi munosabati bilan norozilik bildirildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar bergan.
“Diplomatik missiya rahbariga Rossiyaning Xelsinkidagi elchixonasining ikki xodimi Yevropa Ittifoqining RFga qarshi sanksiyalar kampaniyasi fonida asossiz ravishda Finlyandiyadan chiqarib yuborilgani, shuningdek, ushbu mamlakat Kiyev rejimiga qurol yetkazib berish hamda ukrainlarning Donbass va Ukraina tinch aholisiga qarshi jinoyatlarini yashirgani bo‘yicha keskin norozilik bildirildi”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Shuningdek, Rossiya tomoni Finlyandiyaning Moskvadagi elchixonasi xodimlarining ikki nafar xodimining mamlakatda qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Qayd etilishicha, bu Rossiya tomonining Xelsinkidagi Rossiya elchixonasining ikki xodimining Finlyandiyadan chiqarib yuborilishiga javob chorasidir.
LiveBarchasi