Rossiya Facebook'ga katta miqdorda jarima belgiladi

Olam

image

Moskva xalqaro sudi Meta platformasi (sobiq Facebook)ga Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan ma’lumotlarni o‘chirmagani uchun 1,9 mlrd rubl miqdorida jarima belgiladi. Bu haqda TASS yakuniy qarorni qabul qilgan Taganskiy tuman sudiga asoslanib xabar bermoqda. 

“Moskva shahrining Taganskiy tumani 422-sonli sud okrugi sudyasining qarori bilan Meta Platforms Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 13.41-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topildi. Unga nisbatan 1 990 984 950 rubl miqdorida ma’muriy jarima tayinlandi", deyiladi sudning bayonotida.

Avvalroq sud xuddi shunday da’vo bilan Google’ni 7,2 milliard rubldan ortiq jarimaga tortgan edi.

Ushbu moddaga muvofiq aylanma daromaddan olinadigan jarima miqdori sud tomonidan belgilanib, u kompaniya yillik daromadining 1/20 dan 1/10 qismigacha bo‘lishi, takroriy qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda esa - daromadning 1/5 qismini tashkil qilishi mumkin.

Roskomndazorning qayta-qayta ogohlantirishlari ortidan RFda taqiqlangan ma’lumotlarni joylashtirgan Facebook va Google katta miqdordagi daromaddan undiriladigan jarimaga tortilgan. Qo‘shimcha qilinishicha? Roskomndazor Twitter’ga nisbatan ham huddi shunday ayblovlar bilan jarima belgilash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing