Rossiya energiyadan qurol sifatida foydalanyapti – Berlin
Olam
−
12 may 2022
8958Rossiya energiya resurslaridan Yevropaga qarshi “qurol” sifatida foydalanadi. Bu haqda vitse-kansler, Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Berlindagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, “Gazprom”ning Germaniyadagi sho‘’ba korxonasi “Gazprom Germania” boshqa Yevropa kompaniyalari qatorida sanksiyalar ostida qolib, Rossiya gazini xarid qilishni kuniga taxminan 10 million kub metrga qisqartirgan. Biroq, bu hajmni qoplash mumkin.
“Vaziyat keskinlashdi, shuning uchun (Rossiya tomonidan – tahr.) energiya tashuvchilardan qurol sifatida foydalanish hozirda bir qancha sohalarda amalga oshirilmoqda”, deydi u.
Vitse-kanslerning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi sharoitda Germaniya isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda gaz zaxiralarini oshirishga intilmoqda.
“Gaz omborlari qishgacha to‘ldirilishi kerak, aks holda biz qiyin vaziyatga tushib qolamiz”, deya ta’kidladi u.
Unga ko‘ra, Germaniya qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun tabiiy gaz omborlarini to‘ldirishga e’tibor qaratmoqda. Hukumat tabiiy gaz bozorini barqarorlashtirish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishiga tayyor. Hozirda omborxonalar 40 foizga yaqin to‘ldirilgan.
“Germaniya energetika kompaniyalariga moliyaviy kafolatlar beriladi, chunki ular yuqori narxlarda yangi shartnomalar imzolashlari kerak”, deydi vazir.
LiveBarchasi