Rossiya chet ellik “shpion”lar faoliyatini qattiq nazoratga olmoqchi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining harbiy, harbiy-texnik faoliyati sohasida ma’lumotni maqsadli to‘playdigan yoki xabarlar va materiallarni cheksiz odamlarga tarqatuvchi shaxs xorijiy agent hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi tomonidan qabul qilingan "Chet el ta’siri ostidagi shaxslar faoliyatini nazorat qilish to‘g‘risida"gi federal qonun loyihasida belgilangan.

 Hujjat Rossiya Federatsiyasi qonunchiligining xorijiy agentlar to‘g‘risidagi amaldagi normalarini umumlashtiradi va bir qator yangi qoidalarni kiritadi.

Qonunga ko‘ra, chet el agenti - xorijiy ta’sir ostida bo‘lgan va siyosiy faoliyatni amalga oshiruvchi, Rossiya Federatsiyasining harbiy, harbiy-texnik faoliyati sohasida ma’lumotni maqsadli to‘playdigan yoki xabarlar va materiallarni cheksiz odamlarga tarqatuvchi shaxs hisoblanadi.

Hujjatda Rossiya fuqarolari yoki xorijiy yuridik shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari, xorijiy tuzilmalar, shuningdek fuqaroligi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar xorijiy agentlar deb tan olinishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. 

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining davlat hokimiyati organlari, siyosiy partiyalar, davlat korporatsiyalari va diniy birlashmalar xorijiy agentlar deb tan olinmaydi. Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ish beruvchilar birlashmalari va savdo-sanoat palatalari ham xorijiy agentlar deb tan olinmaydi.

Qonunda xorijiy manbalar ro‘yxati ko‘rsatilgan. Bularga xorijiy davlatlar va ularning davlat hokimiyati organlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan xorijiy manbalar kiradi. Bunday shaxslardan va ularning vakillaridan pul oladigan yoki moddiy yordam olishda vositachi bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va yuridik shaxslari ham xorijiy manbalar deb hisoblanishi mumkin.

Hujjat joriy yilning 1 dekabridan kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing