Rossiya Buyuk Britaniya fuqarolariga qarshi sanksiyalarni ko‘paytirdi

Olam

image

Rossiya Buyuk Britaniya fuqarolariga qarshi sanksiyalar ko‘lamini kengaytirmoqda. Bu haqda bugun, 12 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi saytida chop etilgan bayonotda ma’lum qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 36 nafar britaniyalik a’zosi va Britaniyaning qator rasmiylari “qora ro‘yxat”ga kiritildi.

Qayd etilishicha, “Qora ro‘yxat”ga Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi va huquq-tartibot idoralari vakillari, shuningdek, bir qancha jurnalistlar kiritilgan. Ammo vazirlik veb-saytida aynan qaysi Britaniya fuqarolari ro‘yxatga kiritilgani aniq ko‘rsatilmagan. 

“Konstruktiv muloqotdan qasddan bosh tortgan London Vashington bilan hamkorlikda Rossiyaga nisbatan qarama-qarshilikni davom ettirmoqda. Ular Rossiya haqida yolg‘on ma’lumot tarqatib, rusofobiyani qo‘zg‘atmoqda”, deydi mamlakat TIV rasmiylari.

Ta’kidlash joiz, 2022 yilning avgust oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron va 23 nafar yuqori martabali britaniyalik siyosatchilarga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing