Rossiya bug‘doy eksportini taqiqlashi mumkin

Olam

image

Rossiya joriy yilning 15 martidan 30 iyunigacha bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xori eksportini taqiqlashi mumkin. Bu haqda “Interfax” mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmatiga tayanib, ma’lum qildi.

“Qishloq xo‘jaligi vazirligi Sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda joriy yilning 15 martidan 30 iyuniga qadar Rossiyadan asosiy don ekinlarini eksport qilishni vaqtinchalik taqiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini tayyorladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qaror loyihasining asosiy mazmuni mazkur vaqt davomida Rossiya Federatsiyasidan bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xori eksportiga vaqtinchalik taqiq o‘rnatishdan iborat.

Ma’lumot uchun, Rossiya 2021/2022 yilda 28,1 million tonna don ekinlari eksport qilgan. O‘tgan mavsumda bug‘doy eksporti hajmi 23 million tonnani tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1059

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing