Rossiya “bosqini”dan xavfsirayotgan Ukraina armiyani kuchaytirishga kirishdi
Olam
−
01 fevral 2022
7431Bugun, 1 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat armiyasini kuchaytirish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Qarorda so‘nggi uch yil ichida mamlakat armiyasidagi aktiv harbiylar sonini yana 100 000 nafarga oshirish ko‘zda tutilgan.
Qarorni imzolar ekan Zelenskiy hukumat vakillari va xalqni sarosimaga tushmaslikka chaqirgan. Unga ko‘ra, ushbu qaror Rossiya bilan bo‘lishi taxmin qilinayotgan urushning aniqligi uchum emas balki, kelajakda mamlakat xafvsizligini ta’minlash uchun imzolangan.
O‘rtadagi ziddiyat kuchayib borar ekan, Rossiya birgina Ukraina bilan chegaradosh hududning o‘zida 100 000 dan ortiq qo‘shin to‘plagani aytilmoqda.
Rossiya bilan solishtiradigan bo‘lsa Ukrainaning harbiy salohiyati sezilarli darajada orqada ekaniga guvoh bo‘lish mumkin. Hozirga qadar Ukraina aktiv harbiylari soni 250 000 nafarni tashkil qilmoqda, bu raqamlar Rossiya armiyasida esa 900 000 ga yetadi.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Polsha va Britaniya Ukrainaga harbiy salohiyatini yaxshilashda yaqindan yordam berishga kelishib olgan.
Bundan tashqari, Rossiya bilan bog‘liq masalani muhokama qilish uchun bugun Polsha va Britaniya Bosh vazirlarining Ukrainaga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
“Rossiya kabi xavfli qo‘shnilar bilan yaqin yashar ekanmiz, biz o‘zimizni huddi vulqon yoqasida yashayotgandek his qilamiz” degan Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy Ukrainaga amalga oshiriladigan safar oldidan.
Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson esa Ukrainaga nisbatan agressiv harakatlari uchun Rossiya jiddiy oqibatlar bilan yuzlashishi haqida ogohlantirgan.
“Biz Rossiyani ortga chekinish va qon to‘kilishini oldini olish uchun muammoga diplomatik yechim topishga chorlaymiz. Ukrainaning do‘sti va demokratik ittifoqchisi sifatida Birlashgan Qirollik unga zarar yetkazishga bel bog‘lagan har qanday dushmanga qarshi Ukrainaning yonida turadi”, degan Jonson o‘z Twitter’ida.
Behruz Saidov
LiveBarchasi