Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi
Olam
−
06 yanvar 2024 11815 1 daqiqa
Rossiya Ukrainaga G‘arb qurollarini yetkazib berish bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda xalqaro tashkilotdagi manbasiga tayanib, TASS xabar berdi.
“22 yanvar kuni G‘arb qurollarini yetkazib berish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi so‘ralgan”, deydi nashr manbasi.
Qayd etish joizki, G‘arb davlatlari KXDRdan Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi munosabati bilan 10 yanvar kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova G‘arb davlatlarining Rossiya va KXDR o‘rtasidagi noqonuniy harbiy-texnik hamkorlikdagi ayblovlari asossiz ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Vashingtonning Pxenyan Moskvaga harbiy yordam berayotgani haqidagi da’volarini "mish-mish" deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, 4 yanvar kuni AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Yangi yil bayrami arafasida Rossiya qo‘shinlari KXDRdan olingan ballistik raketalar bilan Ukrainaga o‘q uzganini aytgandi.
Live
Barchasi