Rossiya bir moliyaviy strukturasida dollardan butunlay voz kechmoqchi

Olam

image

Keyingi bir oy ichida Rossiya Milliy boylik fondi (MBF) Amerika dollaridan butunlay voz kechadi va Britaniya funtining ulushini kamaytiradi. Bu haqda Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov bugun, 3 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida jurnalistlarga ma’lum qildi.

Milliy boylik fondi yevro va Xitoy yuanining ulushini ko‘paytirmoqchi, shuningdek oltin ko‘rinishidagi zaxiralar ham shakllantiriladi.

Rossiya milliy farovonlik jamg‘armasi — Rossiya davlat zaxira fondi bo‘lib, mamlakat fuqarolarini uzoq muddatli pensiya bilan ta’minlash mexanizmining bir qismidir.

“Biz, Markaziy bank singari, MBFning dollar aktivlariga investitsiya kiritishini qisqartirish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Bugungi kunda struktura bo‘yicha bizda MBF investitsiyalarining qariyb 35 foizi dollarda qilingan. Biz dollar aktivlaridan butunlay chiqish uchun dollardagi sarmoyalarni yevro va oltinga tikib ko‘paytirishga qaror qildik”, deydi Siluanov. 

Unga ko‘ra, MBFda bu strukturaga o‘tish keyingi bir oy ichida amalga oshiriladi. 

“Dollarda  0 foiz, yevroda 40 foiz, yuanda 30 foiz, oltinda 20 foiz, funt va iyenada 5 foiz sarmoya kiritiladi”, deydi Siluanov.

Ayni vaqtda MBF tarkibida dollar va yevroning ulushi har biri 35 foizdan, yuan — 15 foiz, funt sterling — 10 foiz, iyena — 5 foizni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

310

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing