Rossiya bilan aviaqatnov qachon tiklanadi? Buning ortida siyosiy sabablar bormi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining asosiy qismi o‘z faoliyatini Rossiya hududida olib boradi. Pandemiya davrida mazkur imkoniyat cheklandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar ham to‘xtatildi. Ikki mamlakatning qachon aviaqatnovlarni tiklashi masalasi hozircha noma’lum.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent va Moskva o‘rtasida aviareyslarning tiklanmasligida siyosiy sabablar bor, deguvchilar ham topildi. Qolaversa, hozirda Rossiyada mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan migrantlar Belarus poytaxti Minsk orqali parvozlarni amalga oshirmoqda. Shu o‘rinda chiptalar narxi ham nisbatan qimmat. Rossiya koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli O‘zbekiston bilan aloqalarni to‘xtatgan bo‘lsa, O‘zbekistondagi vaziyat Rossiyadagi holatdan ancha yaxshi. Lekin nima uchun haligacha parvozlar tiklanmayapti? 

QALAMPIR.UZ uyushtirgan “Corona marafoni” mehmoni – Tashqi ishlar vazirligi konsulllik huquqiy departamenti boshqarmasi boshlig‘i Burxon Aliqulov ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklanmayotganining sababini aytib o‘tdi.

“Migratsiya yo‘nalishi juda ham dolzarb. Bizning departamentga ham kuniga 20-30 ta murojaat kelib tushadi. Bu yerda hech qanday siyosiy sabab yo‘q. Chunki chegaralarni qaysidir davlatga ochib berish – bu har bir davlatning o‘z ichki siyosiy masalasi. Masalan, O‘zbekistonda “qizil” hududga kiritilmagan davlatlar uchun mamlakatga kirish taqiqlanmagan”, deydi Aliqulov. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu borada ochiq harakatlarni amalga oshirmoqda. Rossiyaning O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga kiritmayotganining sababi bevosita davlatning olib borayotgan siyosati hisoblanadi. Rossiyada ham huddi O‘zbekistondagi kabi maxsus komissiya bor. O‘zbekiston tomoni bu masalaga doimo tayyor va ochiqligini bildiradi. Qachonki, Rossiya tomoni muntazam parvozlar tiklanishiga rozilik bildirsa, O‘zbekiston ham bu bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2398

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing