Rossiya armiyasi o‘zi xohlagan har qanday nuqtaga joylashadi – Kreml

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasining qurolli kuchlari rahbariyat munosib deb topgan mamlakat hududining istalgan nuqtasida vazifasini o‘taydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 7 aprel kuni jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.

“Rossiya Qurolli Kuchlari zarur va maqsadga muvofiq deb hisoblangan Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan. Ular bizning harbiy rahbariyatimiz va Oliy Bosh qo‘mondonimiz tomonidan maqsadga muvofiq deb topilgan bo‘lsa, istalgancha o‘sha yerda qoladi”, deydi Kreml vakili.

Shu bilan birga, Peskov “Rossiya hech kimga tahdid qilmagan va qilmayapti hamda hech kimga xavf tug‘dirmaydi” deya ishontirgan. 

Avvalroq Kreml vakili Rossiya armiyasi Rossiya Federatsiyasi xavfsizligini ta’minlash uchun mamlakat bo‘ylab harakatlanayotganini bir necha bor ta’kidlagan edi. 

Shuningdek, u Rossiya chegaralari bo‘ylab boshqa mamlakatlar qurolli kuchlarining faolligi kuchayganiga e’tibor qaratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

876

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing