Afg‘oniston Prezidenti saylovi natijalari e’lon qilindi

Olam

image

Joriy yilning sentyabr oyida o‘tgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentigi saylov natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti Ashraf G‘ani 50,64 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. 

Ikkinchi o‘rinni 39,52 foiz ovoz bilan Bosh vazir Abdulla Abdulla egallagan.

Sobiq Bosh vazir va Afg‘oniston mujohidlarining sobiq lideri Gulbuddin Hikmatyorga esa 3,85 foiz ovoz berildi. 

Dekabr oyi boshida natijalarni hisoblashda huquqbuzarliklar sodir bo‘lganligi sababli Prezident sayloviga qayta ovoz berilishi ma’lum qilingan edi.

Xabarlarga ko‘ra mazkur ovoz berishda jarayonida 1,9 million saylovchi ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabr kuni Afg‘onistonda Prezident saylovi bo‘lib o‘tgan edi. Saylovning dastlabki natijalari 19 oktyabr kuni e’lon qilinishi kerak edi. Biroq, Milliy saylov komissiyasi raisi Xava Alam Nuristoni natijalarni e’lon qilish muddati biroz kechiktirilishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing