Rossiya AQSHning “Sputnik V” vaksinasi haqidagi bayonotlariga javob qaytardi
Olam
−
16 fevral 2021
7587Rossiya hech qachon boshqa davlatlar bilan kimgadir qarshi do‘stlashmagan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH yangi ma’muriyatining Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi to‘g‘risidagi bayonotlariga javoban aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq Qo‘shma Shtatlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Rossiya vaksinasidan ehtiyot bo‘lishga chaqirilgan.
"Xo‘sh, nima deyishim kerak. Agar mamlakatlar o‘rtasidagi normal do‘stona aloqalarga qarshi turadigan hech narsa yo‘q bo‘lsa va bitta narsa aynan shu turdagi bayonotlar bo‘lsa, bu juda achinarli. Biz hech qachon boshqalarga qarshi biror davlat bilan do‘stlashmaymiz”, deydi Tashqi ishlar vaziri.
Lavrov Rossiya har doim chet ellik sheriklar bilan o‘zaro hamdardlikdan kelib chiqishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi