Rossiya AQSHning inson huquqlari bo‘yicha da’volariga javob qaytardi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov AQSHning inson huquqlariga oid da’volariga javob qaytardi. Uning “Kosmos-Klab” munozara klubidagi nutqi matni elchixonaning veb-saytida e’lon qilingan.

“Rossiya AQSHning inson huquqlari bo‘yicha da’volarini rad etadi”, deydi u.

“Biz inson huquqlari masalalari bo‘yicha, ayniqsa, qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan da’volarni, albatta, ko‘rib chiqamiz. Hech kim bizga qanday yashashni o‘rgatishga haqli emas”, deya tushuntirdi Antonov.

Unga ko‘ra, Rossiya AQSHning “Aleksey Navalniyga qarshi kimyoviy qurol ishlatgani” bo‘yicha ayblovlarini asossiz, deb hisoblaydi. 

“Shu bilan birga, bizning har qanday qarama-qarshi dalillarimiz, aniq ma’lumot olish uchun so‘rovlarimiz izohsiz chetga surib qo‘yilgan. Keyin Amerika Hukumati dalillarni keltirmasdan, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etdi” deya qo‘shimcha qildi u.

Antonovning ta’kidlashicha, Rossiya Navalniyni “ozod qilish” haqidagi bema’ni chaqiruvlarni mutlaqo qabul qilmaydi. Xalqaro amaliyotda bu “suveren davlatning ichki ishlariga aralashish” deb nomlanadi, deya esladi Rossiya elchisi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing