Rossiya AQSHning 10 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Olam

image

Rossiya Vashingtonning shunga o‘xshash chorasiga javoban, 10 nafar amerikalik diplomatga mamlakatni tark etishni taklif qiladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytib o‘tdi.

“O‘n nafar diplomat bizga berilgan ro‘yxatga kiritilgan. Biz Rossiyadagi AQSHning o‘n nafar diplomatiga mamlakatimizdan chiqib ketishni taklif qilamiz”, deydi diplomat.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasining 10 nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qildi, ular orasida Amerika tomoniga ko‘ra “Rossiya razvedka xizmati vakillari” bor.

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan kelgan 32 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qildi. Amerika kompaniyalariga 2021 yil 14 iyundan boshlab Rossiya Markaziy banki, Moliya vazirligi va Rossiya Milliy boylik jamg‘armasi tomonidan chiqarilgan Rossiya qarz qimmatli qog‘ozlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish, shuningdek ro‘yxatdagi bo‘limlarga qarz berish taqiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

257

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing