Rossiya AQSHni kiberolamda o‘ziga qarshi “qo‘shin” tuzishda aybladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”si fonida Vashington rasman vatanparvar kiber yollanma askarlarni yollab, jinoiy xakerlarni tayyorlamoqda. Bu haqda Rossiya TIV Xalqaro axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Ernest Chernuxin bugun, 31 oktyabr kuni “Izvestiya” gazetasida chop etilgan maqolasida aytib o‘tgan.

“Maxsus operatsiya” fonida do‘stona bo‘lmagan davlatlarni [Rossiyaga qarshi] noqonuniy harakatlarga undash va ushbu mamlakatlar tomonidan tayyor zararli dasturiy ta’minotni Internetda umumiy foydalanishga joylashtirish tendensiyasi kuzatildi. Hech kimga sir emaski, Vashington rasmiy darajada vatanparvar deb atalmish kiber yollanma askarlarni yollab, kiberjinoyatchi xakerlarni tayyorlamoqda”, deydi u.

Chernuxin shuningdek, G‘arbning siyosiy rahbariyati o‘z telekommunikatsiya biznesidan ichki va tashqi raqiblarini nazorat qilish uchun faol foydalanayotganini qo‘shimcha qildi.

“Yangi misol: “Donbassni himoya qilish bo‘yicha “maxsus operatsiya” jarayonida, Microsoft taklifiga binoan (bu Amerika davlati manfaatlarini ilgari suradi), Ukraina davlat uchun muhim bo‘lgan raqamli ma’lumotlarni to‘satdan Yevropa ma’lumotlar markazlariga evakuatsiya qildi”, deya tushuntirgan u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing