Rossiya AQSHdagi saylovlar natijasidan nima kutyapti?

Olam

image

Rossiya Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi prezidentlik saylovlarining natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, unga hurmat bilan qaraydi. Lekin, ikki tomonlama munosabatlarda hech qanday tub o‘zgarishlar kutmaydi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shunday xulosaga keldi.

Lavrov AQSHdagi saylovlar bilan bog‘liq vaziyatni izohlashdan bosh tortdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday izohlar yana "ichki ishlarga aralashishga urinish" sifatida talqin etiladi.

"Men faqat bitta narsani ayta olaman: biz ushbu saylovlarning natijalari qanday bo‘lsa ham, hurmat bilan qaraymiz", dedi Lavrov.

Vazir na demokratlar, na respublikachilar bilan munosabatlar o‘zgarmasligini aytdi.

"Umid qilamizki, Amerikaning yangi hukumati va ma’muriyati xalqaro vaziyatning holati bilan bog‘liq bo‘lgan juda jiddiy, global muammolarni hal qilishda biz bilan hamkorlik qilish zarurligini tan oladi", deb qo‘shimcha qildi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Shuningdek, Rossiya, "xalqaro xavfsizlik manfaatlari haqida qayg‘uradigan har qanday normal mamlakat" singari, AQSH saylov kampaniyasi jarayonlarini diqqat bilan kuzatmoqda. 

"U yerda juda ko‘p qiziq narsalar bor.  Demokratlar Rossiya o‘zining xakerlik qobiliyatlaridan foydalanib, Donald Tramp bilan o‘yin o‘ynayapti degan fikrda. Ular bu noto‘g‘ri fikrni isbotlash uchun hamma narsa qilmoqda", dedi Lavrov. 

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Respublikachi Trampga demokrat Jozef Bayden raqiblik qiladi. Vitse-prezdiyentlik uchun Maykl Pens va Kamola Xarris bellashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing