Rossiya agressiyasining Markaziy Osiyoda ham takrorlanmasligiga qanday kafolat bor?

Olam

image

Rossiya bu operatsiyani Markaziy Osiyoda qayta takrorlashi mumkin emasligiga ishonch bormi? Bu savol bilan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kecha, 1 mart Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarga yuzlandi. 

Blinkenning fikricha, Putin bir yoki ikki yil yo bo‘lmasa uch yil o‘tgach,  qurollanadi va yana hujum qiladi. 

“Shunday ekan, o‘ylaymanki, diqqatimizni aynan shu narsaga qaratishimiz kerak”, degan Blinken.

U, shuningdek, rasmiy Moskvaning muzokaralarga kirishishiga shubha bilan qarashini bildirgan.

“Agar Rossiya, Prezident Putin, tajovuzni to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan mazmunli diplomatiya bilan shug‘ullanishga chin dildan tayyor bo‘lsa, albatta, biz birinchi bo‘lib bu ish bilan shug‘ullanar edik. Ammo bunga hech qanday dalil yo‘q. Aksincha, dalillar boshqa yo‘nalishda. 

Shunchaki Prezident Putinning so‘zlarini tinglang. Bitta misol keltirsak, u yaqinda va ochiqchasiga, agar Ukraina o‘zi aytgan “yangi hududiy voqeliklar”ni tan olmas ekan, ya’ni boshqacha qilib aytganda Rossiyaning Ukraina hududlarini olib qo‘yganini ochiqchasiga tan olmasa “biz gaplashmaymiz”, deb aytdi. Bu, shubhasiz, nafaqat Ukraina yoki biz uchun, balki butun dunyo mamlakatlari uchun Rossiyaning maqsadi haqida hech qanday savol qoldirmaydi”, deydi AQSH kotibi.

Blinken har bir Markaziy Osiyo davlati o‘zining hududiy yaxlitligi, suverenitetini juda qiyin qo‘lga kiritgani va mustaqillik nima ekanini yaxshi his qilishini va bu mintaqada, albatta, aks-sado berishiga ishonishini aytgan.

“Asosiy savol shuki, Rossiya o‘zining tajovuzkorligini to‘xtatishga va buni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga va aynan shu tamoyillarga mos keladigan tarzda amalga oshirishga chin dildan tayyormi? Butun dunyo bo‘ylab eshitgan va BMT Bosh Assambleyasida 141 davlat tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada o‘z aksini topgan asosiy narsa – bu tinchlikka, lekin adolatli va mustahkam tinchlikka intilishdir. BMT Nizomining hududiy yaxlitlik, suverenitet va mustaqillik tamoyillariga mos kelishi va yuqorida aytib o‘tganimdek, Rossiya bu operatsiyani qayta takrorlashi mumkin emasligiga ishonch bormi?” deya o‘z savolini qaytargan Blinken.

Uning fikricha, bugun hech kim Ukraina xalqichalik tinchlikka mushtoq emas. Ular har kuni Rossiya agressiyasining qurboni bo‘lmoqda. Urush esa ertaga, balki bugunoq tugashi mumkin. Lekin buni Rossiya xohlashi kerak.

“Endi biz hammamiz oddiy haqiqatni bilamizki, agar Prezident Putin shunday qaror qilsa, urush ertaga tugashi mumkin – bugun tugashi mumkin. Urushni Putin boshladi, u buni to‘xtata oladi. Bu, bir qaraganda, shunchalik oddiy. Va biz bu haqiqatni hech qachon yo‘qotmasligimiz kerak. Bizning tajovuzkorimiz va qurbonimiz borligini hech kim e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak va bu ikkisi o‘rtasida har qanday tenglik, jumladan, tinchlikka kim ko‘proq sodiq ekanini taklif qilish, menimcha, juda noto‘g‘ri”, deya izoh bergan Amerika vakili.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya agressiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar