Rossiya Aerokosmik kuchlari Qozog‘istonda yangi raketani sinovdan o‘tkazdi (video)

Olam

image

Rossiya Aerokosmik kuchlari Qozog‘istondagi Sari-Shagan poligonida yangi mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda

“Rossiya Aerokosmik kuchlarining havo va raketalarga qarshi mudofaa tizimining jangovar ekipaji Qozog‘istonning Sari-Shagan poligonida mudofaa tizimining navbatdagi sinovini muvaffaqiyatli yakunladi”, deyiladi harbiy bo‘lim xabarida.

Aerokosmik kuchlarining raketalarga qarshi mudofaa bo‘linmasi qo‘mondoni general-mayor Sergey Grabchukga ko‘ra, bir qator sinovlar mudofaa tizimining xususiyatlarini anglashga imkon bergan.

“O‘tkazilgan bir qator sinovlardan so‘ng, yangi mudofaa tizimi o‘ziga xos xususiyatlarni ishonchli tarzda tasdiqladi, jangovar ekipaj esa topshiriqni muvaffaqiyatli bajarib, shartli nishonni aniqlik bilan urdi”, degan Grabchuk.

Xabarda qayd etilishicha, yangi mudofaa tizimini oldingi sinovlari aprel oyida o‘tkazilgan. Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni, general-polkovnik Sergey Surovikin 2020 yil iyul oyida “Krasnaya Zvezda” gazetasiga bergan intervyusida Moskva va Markaziy sanoat hududining mudofaa tizimi sinovdan o‘tayotganini aytgan. 

Shuningdek, Surovikin yaqin kelajakda Aerokosmik kuchlar yangilangan ko‘p funksiyali radar stansiya va modernizatsiya qilingan raketalarga ega bo‘lishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing