Rossiya 52 davlat bilan aviaqatnovni tiklamoqda
Olam
−
04 aprel 2022
181749 apreldan Rossiya pandemiya sababli 52 ta davlatga, jumladan Argentina, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika va boshqa do‘st davlatlarga o‘rnatilgan aviaqatnovlarga cheklovni bekor qiladi. Bu haqda bugun, 4 aprel kuni Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin “Yagona Rossiya” fraksiyasi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“9 apreldan boshlab biz Rossiya va boshqa bir qator davlatlar o‘rtasidagi muntazam va charter reyslarimizga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘yilgan cheklovni olib tashlaymiz”, deydi Mishustin tegishli hujjat imzolanganini ta’kidlab.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanish pasaymoqda, shuning uchun Rossiya aviakompaniyalari uchun mavjud yo‘nalishlarni kengaytirish vaqti keldi.
“Endi biz 52 davlat, jumladan Argentina, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika va bizga do‘st bo‘lgan boshqa davlatlar bilan parvozlarni qayta tiklayapmiz”, deydi Mishustin.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabda aniqlik kiritilishicha, ayrim mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, 9 apreldan Jazoir, Argentina, Afg‘oniston, Bahrayn, Bosniya va Gersegovina, Botsvana, Braziliya, Venesuela, Vetnam, Gonkong, Misr, Zimbabve, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Iroq, Keniya, Xitoy, Shimoliy Koreya, Kosta-Rika, Quvayt, Livan, Lesoto, Mavrikiy, Madagaskar, Malayziya, Maldiv orollari, Marokash, Mozambik, Moldova, Mongoliya, Myanma, Namibiya, Ummon, Pokiston, Peru, Saudiya Arabistoni, Seyshel orollari, Serbiya, Suriya, Tailand, Tanzaniya, Tunis, Turkiya, Urugvay, Fiji, Filippin, Shri-Lanka, Efiopiya, Janubiy Afrika va Yamayka bilan muntazam va charter reyslaridagi cheklovlarni butunlay olib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya joriy yilning 9 martidan Rossiya Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Eron bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklagan edi.
LiveBarchasi