Rossiya 332 ming o‘zbekistonlik masalasida rasmiy Toshkentga talab qo‘ydi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlaridan Rossiyada noqonuniy yurgan fuqarolarini joriy yilning 15 iyunigacha olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Hamdo‘stlikning Parlamentlararo assambleyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Rossiya IIVning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada O‘zbekistondan 332 mingdan ziyod, Tojikistondan 247 ming, Ukrainadan 152 ming, Ozarbayjondan 120 ming, Qirg‘izistondan 115 ming, Armanistondan 61 ming, Moldovadan 56 ming, Qozog‘istondan 49 ming noqonuniy muhojir bor. 

“Agar biz ushbu raqamni 15 iyunga qadar olib tashlamasak, Prezident farmonida nazarda tutilganidek, bu odamlar mamlakatdan chiqarib tashlash va chegaralarni ular uchun yopilishi bilan jazolanadi. O‘z davlatlaringizda ommaviy axborot vositalari, bloggerlar bilan ishlash orqali tashviqot ishlarini olib borishingizni istardim”, deydi Gorovoy.

Xabarga ko‘ra, 2021 yilning 15 iyunigacha koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan muhojirlarni chiqarib yuborishga moratoriy mavjud. Shu vaqtgacha noqonuniy yurgan muhojirlar Rossiyani sanksiyalarisiz tark etishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1831

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing